Xayriya tadbiri
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Republikasi boshqarmasi tomonidan Yangi yil bayrami arafasida xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Jumladan, boshqarma boshlig‘i Gayrat Sultanov “Mehr harakati” doirasida Nukus tumanidagi “Qirontov” ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj 5 ta oilaning holidan xabar oldi. Bayram munosabati bilan ularga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Ularning turar joylarini ta’mirlash, yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Departamentning Qoraqalpog‘iston Republikasi boshqarmasi tomonidan shahar va tumanlarda xayriya tadbirlari davom etmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA