Xayriya ishlariga doir yangi loyiha ish boshladi
Hozirgi murakkab vaziyatda aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi murakkab vaziyatda aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlat va jamoat tashkilotlari va saxovatpesha yurtdoshlarimiz tomonidan mamlakatimizdagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini zarur oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlari bilan muntazam taʼminlab borish maqsadida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi qoshida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tashkil etilganidan xabaringiz bor.
Endilikda markaz faoliyati doirasida olib borilayotgan ishlarni muntazam yoritib borish maqsadida telegram ijtimoiy tarmogʻida @aslkuchbirlikda loyihasi ish boshladi.
Mazkur telegram manzili orqali Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tomonidan tashkil etilayotgan xayriya tadbirlari doimiy yoritib boriladi.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash
vazirligi Matbuot xizmati