Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayriya hasharida yoshlar faollik koʻrsatmoqda
18:34 / 2020-03-14

Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham “Navroʻzing – yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoya ostida nishonlanadigan “Navroʻz” umumxalq bayramiga katta tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham “Navroʻzing – yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoya ostida nishonlanadigan “Navroʻz” umumxalq bayramiga katta tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Shu munosabat bilan oʻtkazilayotgan “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hasharida Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisi, shu jumladan, yoshlar ham faol ishtirok etmoqda.

Ikki kunda davomida xayriya hasharida 2 ming 910 gektar maydon obodonlashtiriladi. Shuningdek, 903 kilometr ariq-zovurlar tozalanadi. 281 qabriston, 42 ziyorotgoh tartibga keltirilib, maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlanadi.

Tadbir doirasida 804 ta yolgʻiz qariya, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarning uy-joyi taʼmirlanib, buning uchun 72370 ming soʻm mablagʻ sarflanadi. Bundan tashqari, 835 ta ehtiyojmand oilaga, 455 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa, pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxsga moddiy yordam koʻrsatiladi.

— Umumxalq bayrami arafasida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxslarga, yolgʻiz qariyalar, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga mehr-muruvvat koʻrsatish xalqimizga xos aʼlo fazilatlarimizdan hisoblanadi, — deydi Ellikqalʼa tumani hokimining oʻrinbosari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Farxad Ibadullayev. —Tumanimizdan 98910 nafar fuqaroning bugungi hasharda faol ishtirok etishi buning yaqqol isbotidir. Tadbir doirasida 92 gektar maydon obodonlashtirilib, 87 kilometr ariq-zovur tozalandi, 204 tonna maishiy va qurilish chiqindisi chiqarib tashlandi. 220 ta ehtiyojmand oilaning uy-joyi taʼminlandi va 122 fuqaroga moddiy yordam koʻrsatildi.

Xoʻjayli tumanidan umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hasharida 40 ming nafardan ziyod fuqaro ishtirok etmoqda. Shundan aksariyatini yoshlar tashkil etadi. Har bir fuqaro xonadoni atrofida, mahallalarda, koʻp qavatli binolar, tashkilot, korxona, muassasalarda obodonlashtirish, gul koʻchatlari, mevali va manzarali daraxt ekish, daraxtlarni oqlash va butashishlarini olib bormoqda. “Turon” madaniyat va istirohat bogʻida “koʻchat yarmarkasi” tashkil etildi. 12 nafar yolgʻiz qariyaning, 52 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning hol-ahvolidan xabar olindi.

Orolboʻyi tuman va shaharlarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hashari davom etmoqda.