Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayriya haftaligi
15:50 / 2019-11-28

Toshkent davlat stomatologiya instituti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida “Bor mehrimiz shu xalq uchun, shu Vatan uchun!” shiori ostida xayriya haftaligi tashkil etildi.


Toshkent davlat stomatologiya instituti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida “Bor mehrimiz shu xalq uchun, shu Vatan uchun!” shiori ostida xayriya haftaligi tashkil etildi.

Haftalikda Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq, Taxiatosh, Qorao‘zak, Nukus va boshqa hududlarida chuqurlashtirilgan stomatologik ko‘riklar o‘tkazildi.

– Tish kasalliklarining statistik ko‘rsatkichlarini o‘rganish, surunkali bemorlarni klinik ko‘rikdan o‘tkazish, tish kasalliklarining oldini olish, aholining tibbiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu xayriya tadbirida mahalliy shifokorlar bilan bir qatorda, institutimizning yigirmadan ortiq tajribali mutaxassisi ham ishtirok etdi, – deydi Toshkent davlat stomatologiya instituti matbuot kotibi Shohinur Mirzaev. – Tadbir jarayonida epidemiologik holat to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xususan, aholi o‘rtasida tish patologiyasining tarqalish darajasi, mintaqaning iqlim va geografik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda stomatologik xizmatni tashkil etish, boshqarish va faoliyatni tizimli tahlil qilish, stomatologik yordam ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, xayriya tadbiri doirasida tish kasalliklarining birlamchi profilaktikasi, shuningdek, bolalar, o‘smirlar, homilador ayollar va barcha aholi qatlami o‘rtasida tishlar va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining sanitariya-gigiena tadbirlarini keng miqyosda amalga oshirish uchun o‘quv-seminarlar va mahorat darslari o‘tkazildi.