English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayriya dillarga nur beradi
16:50 / 2020-06-23

Imkoniyati cheklanganlarga yordam berish, koʻmaklashish xalqimizga xos anʼana.

Saxovat

Imkoniyati cheklanganlarga yordam berish, koʻmaklashish xalqimizga xos anʼana. Bu har kuni kimningdir hayotida aks etadi.

Karantin, pandemiya davrida bu kabi xayrli ishlar koʻlami yana-da kengaydi. Xalqimiz ikki soʻm pul topsa, albatta, bir soʻmini xayriya qilishga odatlangan. Bu jarayonda aholining ogʻirini yengil qilishga urinayotgan tashkilotlar ham talaygina.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan fondning Toshkent shahar Olmazor tuman boʻlinmasi va mahalliy hokimlik vakillari bilan birgalikda tumandagi imkoniyati cheklangan fuqarolarga mehr-muruvvat koʻrsatildi.

Tumandagi Namuna, Qichqiriq, Shon-shuhrat, Ziyo mahallalaridagi jismoniy imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga xayriya tarzida nogironlik aravachalari topshirildi.

Poytaxtimizning Olmazor tumani Ziyo mahallasida istiqomat qiluvchi 1948-yilda tugʻilgan, 2-guruh nogironi Tohir Nazarov uzoq yillar oldin aravachasiz harakatlana olmay qoldi. Sabr qildi, chidadi, yashash uchun kurashdi. Yaxshi insonlar koʻp. Ularning yordami, daldasi bilan 72 yoshga yetdi. Bir oyogʻi amputatsiya qilingani bois, yurish imkoniga ega emas, oʻzgalar parvarishiga muhtoj. Otaxon turmush oʻrtogʻi Ozoda aya Nazarova bilan birga yashaydi. Tohir Nazarovga ham nogironlik aravachasi berildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi va hududiy hokimliklar tomonidan bu kabi xayrli ishlar davom ettirilmoqda.