Xayr-saxovat tadbirlari davom etmoqda
Yangi yil bayrami arafasida mutasaddi tashkilotlar tomonidan xayr-saxovat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani bo‘linmasi tomonidan Yangi yil bayrami arafasida hududdagi bir guruh kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Xususan, tumandagi Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro 1-nuruh nogironi Sobir Qodirov, Istiqbol mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Nigora Shermatova va shu kabi oilalarga fond tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
E’tibor va g‘amxo‘rlikdan dillari shod bo‘lgan otaxonu onaxonlar duoga qo‘l ochib minnatdorlik birdirishdi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.