Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xayr bog‘cha – salom maktab!” tadbiri tashkil etiladi
13:51 / 2023-05-20

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil ilk marotaba maktabgacha ta’lim tizimida “Xayr bog‘cha – salom maktab!” tadbiri o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, 2023  yil  25 may kuni bolajonlar va o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida o‘tkaziladigan mazkur bayram tadbiriga 10 dan ortiq maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari jalb qilingan.  

Ayni vaqtda “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida mutaxassislar ishtirokida 400 nafarga yaqin maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari hamda maktab o‘quvchilari ishtirokida 1,5 soatlik bayram dasturiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.  

Tadbirga maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda ularning ustozlari va ota-onalari taklif etiladi.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA