French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfsizlikni ta’minlash o‘z qo‘limizda
07:49 / 2025-05-20

Bahor faslining o‘rtalari bo‘lishiga qaramasdan havo harorati ancha issiqni ko‘rsatmoqda. Oldinda yoz faslining jazirama kunlari yaqin. Bunday paytda aholining elektr energiyasi va gazdan noto‘g‘ri foydalanishi shubhasiz, ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keladi.

Buxoro viloyatida 270 dan ziyod mahalla suyultirilgan gazdan foydalanadi. Iste’molchilarning gaz ballonlaridan xavfsiz foydalanishlari maqsadida targ‘ibot ishlari tashkil etilmoqda. 

– Fuqaro o‘ziga tegishli gaz jihozidan to‘g‘ri foydalansa, hech qanday baxtsiz hodisa yuzaga kelmaydi. Gaz jihozi bu birgina gaz plitasi emas, tadbirlar davomida aynan maishiy gaz ballonidan noto‘g‘ri foydalanib kelayotgan bir qator iste’molchilar aniqlandi, ularga tushuntirishlar berildi. Gaz ballonidan to‘g‘ri foydalanish qoidalariga rioya qilish fuqaroning asosiy vazifasi hisoblanadi. Albatta, maishiy gaz ballonlarini quyoshdan holi joyda saqlash talab etiladi. 

O‘zboshimchalik bilan mutaxassislar tomonidan o‘rnatilgan gaz ballonni boshqa joyga ko‘chirish turli baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Joylardagi gaz xo‘jaligi korxonalarining texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari tomonidan tegishli yo‘riqnomadan o‘tkazilishiga e’tibor qaratish lozim. Suyultirilgan ballonli gaz plitasidagi yopish jo‘mraklari hamda ballondagi yopish uskunasini doimiy nazoratda saqlash kerak. Xonada gaz hidi sezilganda zudlik bilan gaz jihozlaridan foydalanishni to‘xtating, ochiq olovdan foydalanmang, zudlik bilan joylardagi 104 avariya xizmatiga xabar berish kerak. Havo almashtirishning iloji bo‘lmagan xonalarda ballonli gaz moslamalaridan foydalanmaslik lozim, – deydi gaz ta’minoti filiali bo‘lim boshlig‘i Komil Qahhorov. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.