Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfsizlik qoidalariga rioya etish hayotni asraydi
15:01 / 2026-02-14

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida xodimlar ishtirokida “Is gazi hayot uchun xavfli” mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda aholi yashash xonadonlarida is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish, ayniqsa kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning barvaqt oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida Guliston shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ul xodimi tomonidan gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish qoidalari atroflicha tushuntirildi. U avvalo, gaz uskunalarini o‘zboshimchalik bilan ulash qat’iyan man etilishini ta’kidlab, bunday holatlar og‘ir va qaytarib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkinligini qayd etdi. Shuningdek, nosoz va texnik ko‘rikdan o‘tmagan isitish qurilmalaridan foydalanmaslik, xonada havo almashish kanallarini doimiy ravishda ochiq holda saqlash zarurligi uqtirildi. Gaz jihozlari o‘rnatilgan xonada uxlash xavfli ekani, ayniqsa yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik kerakligiga alohida urg‘u berildi.

Shu bilan birga, ishtirokchilarga is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha videorolik namoyish etildi. Unda oddiy ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish inson hayotini asrashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi yorqin misollar orqali tushuntirildi.

G‘ulom Primov, O‘zA