Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfsizlik — muhim talab
14:33 / 2026-03-02

Raqamli texnologiyalar vazirligida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda xodimlarni yong‘inlarning oldini olish, shuningdek favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsad qilindi.

Tadbir davomida mutaxassislar yong‘in kelib chiqishining asosiy sabablari, so‘nggi paytlarda kuzatilgan holatlar tahlili hamda ish joylarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalaridan to‘g‘ri foydalanish va evakuatsiya harakatlarining algoritm tartibini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi hamda olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashga tayyor ekanliklarini bildirdi. Bunday tadbirlar xavfsizlik madaniyatini shakllantirish va favqulodda holatlar  xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.

N.Rahmonova, O‘zA