Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
18:35 / 2020-01-10

Shu kunning oʻzida Qurolli Kuchlar Akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining milliy armiyamizni yanada rivojlantirish va isloh qilish masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.


Shu kunning oʻzida Qurolli Kuchlar Akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining milliy armiyamizni yanada rivojlantirish va isloh qilish masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Xavfsizlik kengashi aʼzolari, Qurolli Kuchlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, videokonferensaloqa orqali esa hududlar rahbarlari, harbiy okrug va harbiy qismlar qoʻmondonligi, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot berildi.

Yigʻilishda Qurolli Kuchlarni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar sarhisob qilinib, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimiyat organlarining milliy armiyamizni rivojlantirish va isloh qilish borasidagi faoliyatiga tanqidiy baho berildi.

Prezidentimiz 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida mamlakat hayotining boshqa sohalari bilan bir qatorda harbiy qurilish yoʻnalishida keng miqyosli modernizatsiya ishlari amalga oshirilgani, bu bilan qisqa davrda aniq natijalarga hamda Qurollik Kuchlarimiz qiyofasi boʻyicha strategik yondashuvni shakllantirishga erishilganini taʼkidladi.

Hozirgi axborot makonidagi qarama-qarshilik, odamlar, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurash kuchaygan sharoitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning oʻrni va ahamiyati tobora ortib borayotgani alohida qayd etildi.

Aholini, avvalo, yoshlarni shunday ruhda tarbiyalash tizimini takomillashtirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha qoʻshimcha topshiriqlar berildi.

– Armiya moddiy jihatdan eng zamonaviy va zarur vositalar bilan taʼminlangan boʻlishi mumkin, lekin ahloqiy jihatdan zaifligi, jangovar ruhi, Vatanga sodiqlik va muhabbat, uning taqdiri uchun masʼuliyat hissi yoʻqligi yoki loqaydlik tuzatib boʻlmas oqibatlarga olib kelishi mumkin, – deya taʼkidladi davlatimiz rahbari.

Bundan tashqari, Qurolli Kuchlarni isloh qilish va rivojlantirishning boshqa muhim yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.

Yigʻilish yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash sohasida kelgusi ishlarni tashkillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi.