Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfsizlik kamari nima uchun kerak?
16:26 / 2023-03-16

Toshkent viloyatida "Xavfsiz hayot uchun" aksiyasi doirasida xavfsizlik kamaridan foydalanish kerakligi maxsus moslamalarda tashviqot qilinmoqda.

Transport boshqargan odam borki hayotida bir marta bo‘lsa ham xavfsizlik kamarini taqmagani uchun inspektorlar tomonidan to‘xtatilgan, jarimaga tortilgan. Ayrimlar bundan norozi ham bo‘ladi. Kamar nima qilib berardi, joningni asray olmaydiku, deb e’tiroz ham bildirguchilar ko‘p uchraydi. Nima uchun?  

Xavfli holatga tushmagan haydovchi xavfsizlik kamari haqiqatdan ham xavfsizlikka xizmat qilishini bilmaydi. Hududda targ‘ibot ishlari muntazam olib borilyapti. Ammo kutilgan natijaga hali to‘la erishilgani yo‘q. Shu sababli ham respublika ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti joriy yilning 1 mart kunidan boshlab respublika hududida “Xavfsiz hayot uchun” aksiyasini o‘tkazishni belgilab berdi. Aksiya doirasida juda ko‘plab xayrli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shulardan eng muhimi esa xavfsizlik kamarini taqishni targ‘ibot qilish, aniqrog‘i tashviqot qilishdir.

Shu maqsadda mutaxassislar tomonidan haydovchilarga ko‘rsatish uchun maxsus moslama yasaldi. Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari M-39 halqaro avtomobil yo‘lining Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan qismida maxsus tashviqot tadbirini o‘tkazdi. Xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlanayotgan, ayniqsa, uzoq masofalardan kelayotgan transport vositalari to‘xtatilib, haydovchilarga aksiyaning maqsadlari tushuntirilishi barobarida maxsus moslamadan foydalanib ko‘rish taklif etildi.

Aslida xavfsizlik juda muhim narsa. Uni his etish uchun xavfli xolatni boshdan o‘tkazish kerak. Maxsus moslamaga o‘tirgan haydovchilar ham buni tushunib yetishyapti. Kamarsiz yurib, o‘z hayotini qanchalik xavf ostida qoldirayotganliklarini angladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, o‘lim bilan yakun topgan yo‘l transport hodisalarining 60-65 foizi bosh miya jarohati hamda ko‘krak qafasining ezilishi oqibatida yuz berar ekan. Bu haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizlik kamaridan foydalanmaganini anglatadi.  

A.Musayev,O‘zA