Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfsizlik kafolati bo‘yicha Rossiya va Amerika muzokara o‘tkazmoqda
16:52 / 2022-01-10

Jenevada xavfsizlik kafolati bo‘yicha Rossiya-Amerika muzokarasi boshlandi. Uchrashuv AQSHning Jenevadagi BMT bo‘limidagi doimiy vakolatxonasi hududida yopiq tartibda bo‘lib o‘tyapti.

Maslahatlashuv kun tartibiga asosiy masala sifatida ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik kafolati to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi qo‘yilgan. Mazkur hujjatda, xususan, o‘rta va qisqa masofali raketalarni tomonlar bir-biriga daxl qilishi ehtimoli bor joyda o‘zaro joylashtirmaslik hamda rad etish to‘g‘risidagi qoidalar aks etadi.

“Hozir bu borada kelishuv mavjud emas, biroq yangi yil arafasida telefon orqali suhbatda prezidentlar, lozim bo‘lsa, yana qo‘ng‘iroqlashishga tayyorliklarini tasdiqladilar. Vaziyat bundan keyin qanday baholanishi mumkinligi aniq”, dedi RF yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Jenevadagi muzokaradan so‘ng Putin va Baydenning yaqin kelajakdagi yangi suhbati yoki muayyan formatdagi uchrashuvi haqida ma’lumot taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.