Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfsizlik choralari ko‘rilmagan AGTKSH gaz ta’minotidan ajratildi
10:39 / 2024-03-09

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi  “T.G.C.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish-kompressor shoxobchasida xavfsizlik choralari ko‘rilmagani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shoxobcha faoliyatida aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘pol qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan.  

Ushbu holatdagi qoidabuzarlikka sabab bo‘luvchi omillar to‘liq bartaraf etilgunga qadar mazkur AGTKSH (10 kun muddatgacha) tabiiy gaz ta’minotidan ajratildi, deyiladi "O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabarida.  

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA