Xavfsizlik choralari ko‘rilmagan 2 ta AGTKSH gaz ta’minotidan ajratildi
Farg‘ona tumanida joylashgan “I.G.S.” MCHJ hamda Farg‘ona shahridagi “F.C.B.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati o‘rganildi.
“O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmatiga ko‘ra, o‘rganish jarayonida AGTKSHlar faoliyatida aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlangan.
Ushbu holatlar yuzasidan mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi va mazkur AGTKSHlar yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar (10 kun muddatgacha) tabiiy gaz ta’minotidan ajratildi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA