Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xavfsiz xonadon” oyligi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
10:51 / 2026-01-12

Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatning barcha shahar va tumanlarida “Yanvar — Xavfsiz xonadon oyligi” doirasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, Arnasoy tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan shu hududdagi “G‘oliblar” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan tadbir davomida mahalla aholisiga xonadonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, isitish mavsumida xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish, botulizm kasalligi xavfini kamaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, isitish uskunalarini soz holda saqlash, xonadonlarni muntazam ravishda shamollatib turish, uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilishda ehtiyotkor bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, turli favqulodda holatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish, tezkor xizmatlarga murojaat etish tartibi haqida ham aholiga zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri