Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi – amalda
16:45 / 2023-03-02

Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tashabbusi bilan Navoiy shahridagi 12-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlarining mas’ul xodimlari ishtirokida “2022−2026 yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar”ga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Ma’lumki, ummummilliy dasturda har bir hudud kesimida “Yo‘l infratuzilmasini kompleks takomillashtirish”, “Avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish tizimini raqamlashtirish”, “Jamoat transportini rivojlantirish va raqamlashtirish”, “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashviqot ishlarini kuchaytirish, bolalarga yo‘l harakati qoidalarni amaliy o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish”, “Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda avtotransport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni kuchaytirish” kabi yo‘nalishlarda vazifalar belgilangan.  

Jumladan, mahallalar, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish maydonchalarini tashkil etish, “Diqqat, yo‘lovchi!”, “Diqqat, bolalar!” nomli profilaktik tadbirlar o‘tkazish ko‘rsatib o‘tilgan.  

Seminarda viloyat IIB JXX YHXB mas’ullari, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi uslubchilari tomonidan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi maqsad va vazifalari”, “Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish maydonchalaridan foydalanish usullari” mavzularida mahorat darslari o‘tildi.  

Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Xavfsiz va ravon yo‘l” mavzusida ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida yo‘l belgilari, piyodalarning majburiyatilari haqida bolajonlarga ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, turli o‘yinlar orqali ularning bilimlari sinovdan o‘tkazildi.  

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA