Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini joriy etish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda
14:23 / 2024-09-24

Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2024 yil hududlarda “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini yaratish va rivojlantirish yuzasidan yillik manzilli dasturlar ishlab chiqilgan. Dastur ijrosi doirasida hududlarda tizimni joriy qilish uchun bosqichma-bosqich qurilmalar xarid qilinyapti hamda belgilangan manzillarda o‘rnatilib, ishga tushirilmoqda.

Mahallalardagi ko‘p qavatli uylar, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda ularga kirish-chiqish joylarida intellektual videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, ichki ishlar organlarining tayanch punktlari axborot tizimiga integratsiya qilinmoqda.  

Jamoat joylarida, ya’ni maydonlar, madaniyat va istirohat bog‘lari, bozorlar, savdo markazlari, muzey, ko‘ngilochar maskanlar, dam olish majmualari, mehmonxonalar, diniy muassasalarda shaxsni yuzdan tanib olish kameralari, “tashvish tugmalari” o‘rnatish hamda ularni hududiy ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalarining axborot tizimi bilan integratsiya qilish bo‘yicha ishlar bajarilmoqda.  

Xususan, Andijon viloyatida Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz shahar markazi tomonidan 2024 yil davomida manzilli yillik dasturga muvofiq bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bugungi kunda Andijon viloyati hokimligi, Andijon viloyati IIB va “Xavfsiz shahar” markazi bilan hamkorlikda Xonabod shahri, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Xo‘jaobod tumanlarida intellektual videokuzatuv tizimlari joriy etilmoqda.  

Shuningdek, kriminogen jihatidan og‘ir hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha 229 ta ob’ektga jami 1 ming 124 ta, shahar va tumanlarga kirish-chiqish ob’ektlariga transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini aniqlovchi 184 ta, yo‘l harakati qoidabuzarliklarini foto-video qayd etuvchi avtomatlashtirilgan tizimi uchun 18 ta ob’ektga 18 ta intellektual videokuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda.

Hozirda server qurilmalari uchun tashqi elektr va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari tashkil etilib, asosiy ma’lumotlarni qayta ishlovchi intellektual server qurilmalarida “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi test rejimida ishga tushirildi.

Buxoro viloyatida IIVning Xavfsiz shahar markazi tomonidan 2024 yil davomida manzilli yillik dasturga muvofiq bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bugungi kunda Buxoro viloyatining kriminogen jihatidan og‘ir hududlarida jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha 75 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 1 ming 137 ta ob’ektda jami 2200 dona intellektual videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va ishga tushirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda 18 ta MFYning jami 216 ta ob’ektida 314 ta shaxsni aniqlovchi, 20 ta davlat raqam belgisini aniqlovchi intellektual videokuzatuv tizimi qurilmalari o‘rnatilib, ishchi holatga keltirildi.

Shuningdek, “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash server qurilmalari o‘rnatilib, ishga tushirildi va mavjud videokuzatuv qurilmalarini integratsiyalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Samarqand viloyatida ham IIVning Xavfsiz shahar markazi tomonidan 2024 yil davomida manzilli yillik dastur tasdiqlangan va dasturga muvofiq bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Samarqand viloyatida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, hududlar kesimida manzilli yillik dasturlar ishlab chiqilgan.

Loyihalar doirasida kriminogen jihatidan og‘ir hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash, shahar va tumanlarga kirish-chiqishga transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini aniqlovchi videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, yo‘l harakati qoidabuzarliklarini foto-video qayd etuvchi avtomatlashtirilgan tizimi loyihasi doirasida qurilmalar o‘rnatilib, ishga tushirish, shu bilan birga jami 900 ta mavjud kamerani integratsiyalash ishlari reja asosida bajarilmoqda.  

Shuningdek, “Xavfsiz shahar” markazi mablag‘lari hisobidan “Raqamli xavfsiz mahalla” konsepsiyasi doirasida mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda Samarqand viloyatidagi 18 ta MFYning kirish-chiqish joylari hamda aholi gavjum joylariga jami 100 ta varifokal videokuzatuv qurilmalari o‘rnatildi.  

Shu bilan birga, “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi server qurilmalari test rejimida ishga tushirildi.

Qashqadaryo viloyatida bu boradagi ishlar qizg‘in olib borilmoqda. Xususan, IIVning Xavfsiz shahar markazi tomonidan 2024 yil davomida manzilli yillik dastur ijrosi tizimli ta’minlanmoqda.

Qashqadaryo viloyatida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, hududlar kesimida manzilli yillik dasturlarning loyihalari ishlab chiqilgan.  

Loyihalar doirasida viloyat hududidagi, xususan Yakkabog‘ va Ko‘kdala tumanlarining kriminogen jihatidan og‘ir hududlarida jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash, shahar va tumanlarning kirish-chiqish joylariga transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini aniqlovchi videokuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda.

“Xavfsiz shahar” markazi mablag‘lari hisobidan “Raqamli xavfsiz mahalla” konsepsiyasi doirasida mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda viloyatning bir qator mahallalari kirish-chiqish joylari hamda aholi gavjum joylariga videokuzatuv qurilmalari o‘rnatilib, ishchi holatga keltirilmoqda. 

O‘zA