English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xavfsiz shahar” tizimi samaradorligi oshmoqda: 9 oylik faoliyat natijalari tahlili
10:06 / 2025-11-11

“Xavfsiz shahar” markazida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Z.Qurbonov ishtirokida joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida “Xavfsiz shahar” markaziga kelib tushgan rasmiy hujjatlar, Prezident qarorlari, farmonlar, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik farmoyishlari, shuningdek buyruqlarning belgilangan tartibda nazoratga olingani, ijrosi to‘liq ta’minlangani haqida so‘z yuritildi.  

Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2025 yil 3 yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida respublika bo‘yicha “qizil” toifadagi mahalla hududlariga 23 ming 747 ta intellektual videokuzatuv kameralari o‘rnatilgani alohida ta’kidlandi.  

Hozirda integratsiya ishlari 60 foizga yetkazilgan bo‘lib, barcha hududlarda server qurilmalari o‘rnatildi va markaz faoliyatini uzluksiz ta’minlash uchun zamonaviy Monitoring markazi to‘liq ishga tushirildi. Bugungi kunda “Xavfsiz shahar” platformasiga bir qator vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari integratsiya qilingan va bu davlat organlari o‘rtasida ma’lumot almashish samaradorligini keskin oshirmoqda.  

Yig‘ilishda sohaning o‘tgan 9 oylik faoliyati har tomonlama tahlil qilinib, amalga oshirilgan islohotlar, raqamli transformatsiya jarayonlari va xizmat samaradorligini oshirish borasida erishilgan yutuqlar muhokama qilindi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatkichlar, hududiy boshqarmalar faoliyati hamda “Xavfsiz shahar” tizimi doirasida bajarilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Tarmoqda nosoz kameralar soni oshib borayotgani qattiq tanqid qilindi. Shuningdek, o‘rnatilgan kameralarni integratsiyalash ishlarini jadallashtirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Dildora DO‘SMATOVA,

O‘zA