Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazida Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Jo‘rayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) S.Rahmonovaning hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“Xavfsiz maktab” konsepsiyasini keng joriy etish jarayonini zamonaviy axloqiy-psixologik metodikalari” mavzuida tashkil etilgan uchrashuvda sohaga oid hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini keng joriy etish jarayonini zamonaviy axloqiy-psixologik metodikalari, o‘quvchi-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ilg‘or yutuqlari va axborot texnologiyalari asosida tashkil etishda kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Bolalar psixologiyasi markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishilib, Markaz mutaxassislarining ilg‘or tajribalar asosidagi psixologik-pedagogik tarbiyalashning yangicha yondashuviga muvofiq, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida turli ko‘rinishdagi ruhiy jarohatlarning oldini olish hamda barvaqt profilaktika qilish borasidagi samarali ishlariga yuqori baho berildi.
Ushbu markaz xizmatidan unumli foydalanish borasidagi dolzarb masalalar va hamkorlik rejalari belgilab olindi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA