Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xavfsiz mahallam” loyihasi amalda
10:28 / 2025-11-13

So‘nggi yillarda mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga qulayliklar yaratish, faoliyati erkinligini kafolatlash, davlat organlari va ular o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bugungi kunda NNTlarning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan grantlar, subsidiyalar, shuningdek, xalqaro hamkorlar va donor tashkilotlarning mablag‘lardan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan Navoiy viloyati “Saodat sari” ijtimoiy ko‘mak markazining “Xavfsiz mahallam” loyihasi aynan viloyat markazidan uzoqda joylashgan mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga, aholiga qulayliklar yaratib berishga ko‘maklashish maqsadida amalga oshirildi. 

Loyiha doirasida Navbahor tumani Guliston va Qiziltepa mahallalarida ko‘cha yoritish chiroqlari hamda kuzatuv kameralari o‘rnatish belgilangan edi.

Ushbu maqsadlar yo‘lida Guliston mahallasining Olmazor, Toshkent, Ziyokor, Saxovat, Nurli yo‘l ko‘chalariga jami 100 dona quyosh panelli ko‘cha yoritish chiroqlari va 6 dona kuzatuv kameralari, Qiziltepa mahallasida esa Ijand, Yangiobod, Buloq, Sarmish ko‘chalariga 54 dona quyosh panelli ko‘cha yoritish chiroqlari va 8 dona kuzatuv kameralari o‘rnatildi.

– Amalga oshirilgan loyiha doirasida 3 ming nafardan ortiq aholining tungi paytda ko‘chada bemalol harakatlanishi uchun yorug‘, xavfsiz makon yaratildi, – deydi “Saodat sari” ijtimoiy ko‘mak markazi rahbari Shalola Shokirova. – Shuningdek, o‘rnatilgan quyosh panelli ko‘cha chiroqlari orqali elektr sarfi tejalib, iqtisodiy samaradorlikka erishilmoqda. Guliston mahallasida joriy yil boshida 2 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, loyiha doirasida ko‘chalar yoritilib, kuzatuv kameralari o‘rnatilgach, hozircha mahallada jinoyatchilik holatlari qayd etilmadi. Mahallalardagi tungi navbatchilik ishlarida qatnab ishlaydigan 458 nafar aholi, shundan, 164 nafar xotin-qizlar tuman, viloyat markaziga borishdagi noqulayliklar, qorong‘ida katta yo‘lga chiqishdagi qiyinchiliklarning yechimi topildi. Mahallalardagi 835 nafar maktab o‘quvchilari, 278 nafar maktabgacha ta’lim muassasa tarbiyalanuvchilari va ularni kuzatuvchilari yorug‘ ko‘chalardan yurib, xavfsiz kuzatuv kameralar nazoratida uyiga qaytishi uchun sharoit yaratib berildi.

“Saodat sari” ijtimoiy ko‘mak markazi va mahallalar faollari ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, kelgusidagi o‘zaro hamkorlik shartlari kelishib olindi.

A.Bo‘riyev, O‘zA