Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfsiz ish jarayoni auditorlar tomonidan yuqori baholandi
16:50 / 2022-03-22

“Buxoro NQIZ” MCHJ matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, zavodda sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlash menejmenti tizimining “ISO 45001:2018” xalqaro standarti talablariga muvofiqligini baholash maqsadida resertifikatsion nazorat auditi o‘tkazildi.

Ikki kun davomida “Management Certification” sertifikatlashtirish organi tomonidan tashkil etilgan nazorat auditi muvaffaqiyatli yakunlandi. Auditor ishtirokida “Buxoro NQIZ” MCHJ SMT bo‘limi mutaxassislari hamrohligida o‘tkazilgan tashqi audit davomida bir qator bo‘linmalar tasdiqlangan reja asosida tekshirildi. 

Tekshiruvda obektlarda xavfsiz mehnatni tashkillashtirish ishlarining holatiga, korxona xodimlari uchun yaratilgan mehnat sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi. Unda korxona mutaxassislari va xodimlarining uzoq yillik mehnat faoliyati, ularning tajriba va malakasi, shuningdek, sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik sohasida yaratilgan shart-sharoitlar bugungi kunda ishlab chiqarish faoliyatini har qanday avariyali holatlarsiz va shikastlanishlarsiz amalga oshirish imkonini berishi yuqori baholandi.

Tashqi audit natijalariga ko‘ra, “Buxoro NQIZ” MCHJning ISO 45001:2018 xalqaro standarti bo‘yicha yangi sertifikat olishi auditorlar tomonidan ma’qullandi.

Zarif Komilov,
O‘zA