“Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafoni
Bugun erta tongdan barcha hududlarda o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafoni Toshkent viloyati markazi Nurafshon siti hududida ham start oldi.

Marafonda IIBB xodimlari bilan birga, nuroniylar, sportchilar va ko‘ngilli yoshlardan iborat 4 ming nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

Huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning yuzaga kelish sabablarini aniqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar doirasida tashkil etilgan mazkur loyiha barchaga manzur bo‘ldi. Marafonda ishtirokchilarga nur qaytargichli jiletlar va xavfsiz hayotga chaqiruvchi shiorli plakatlar tarqatildi.

Yakunda g‘oliblar tashkilotlar tomonidan esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
A. Musayev, O‘zA.