Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfli yuklar bojxona chegarasida ushlab qolindi
17:44 / 2024-02-24

Xorijdan “Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona posti orqali tranzit o‘tish uchun O‘zbekiston hududiga kirib kelgan temir yo‘l tarkibi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bojxona ko‘rigi natijasida temir yo‘l tarkibidagi vagonlarning birida yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan hamda ruxsatnomasi bo‘lmagan 60 dona jami 30 litr “Metanol” nomli suyuqlik borligi aniqlandi.

Aniqlangan  “Metanol” nomli suyuqlik Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida”gi  62-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnomalar bilan tranzit qilinadigan xavfli yuklar ro‘yxatiga kiradi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Sh.Mamaturopova, O‘zA