Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi 116 ta korxona ro‘yxati e’lon qilindi
10:26 / 2026-02-26

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xavfli qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi 116 ta korxona ro‘yxatini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 1-martdan mazkur korxonalar maxsus elektron reyestrga kiritiladi va ularning davlat xaridlarida ishtirok etishi cheklanadi. Xavfli deb topilgan mahsulotlar esa muomaladan chiqariladi.

Hujjatda mamlakatning turli hududlarida faoliyat yurituvchi 116 ta korxona nomi keltirilgan. Ular orasida temir-beton buyumlar, g‘isht, beton konstruksiyalar, quduqlar, gazoblok, armatura va boshqa qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bor.

Mazkur chora Prezidentimizning 1-dekabrda qabul qilingan 365-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ushbu qaror qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Elektron reyestr qurilish ob’ektlarida o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari natijalari asosida shakllantiriladi. Ma’lumotlar «Texnik tartibga solish» hamda "Shaffof qurilish" axborot tizimlari orqali integratsiya qilinadi.

Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar ushbu reyestrga kiritiladi va ular davlat xaridlarida ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi.

2026-yil 1-fevraldan boshlab buyurtmachilar va ishlab chiqaruvchilarga xavfli deb topilgan mahsulotlarni vakolatli organlar ko‘rsatmasi asosida muomaladan chiqarish majburiyati yuklanadi.

Bunday mahsulotlar qurilish chiqindilarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalarga yoki chiqindi poligonlariga yuboriladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA