Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfli kasallik – vabo!
19:32 / 2022-07-15

Shu kunlarda turli ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistonning ikki viloyatida bir kunda 40 ga yaqin odam vabodan vafot etganligi haqida xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot xizmatining ta’kidlashicha, ayni paytda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan hech qanday rasmiy xabar berilmagan.

Vabo – vibrio cholerae mikroorganizmi keltirib chiqaradigan, o‘tkir infeksiya. Kasallik diareya bilan kechadi, bu suvsizlanish va qon tomirlari yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha infeksiya ifloslangan suv yoki dengiz mahsulotlari orqali yuqadi.

O‘zbekiston Respublikasida Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan vabo kasalligining tarqalishini va kelib chiqishining oldini olish maqsadida bugungi kunda davlat chegaralarini kesishish joylarida 54 ta sanitariya-karantin punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga chegaradan kirib kelayotgan yo‘lovchilarni tibbiy – sanitariya ko‘rigini yaxshilash maqsadida barcha Xalqaro aeroportlar va avtomagistral yo‘llarda joylashgan yo‘lovchi o‘tish oqimi yuqori bo‘lgan SKPlar zamonaviy teplovizorlar va kontaktsiz termometr (pirometr)lar bilan yetarlicha ta’minlangan.

Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida, oral-regidratatsiya punktlarida o‘tkir diareyaga chalingan bemorlarni Sog‘liqni Saqlash Vazirining amaldagi buyruqlari talablari asosida vaboga tekshirilishi tashkil etilgan.

Kasallikning mavsumida har bemorlar yuzasidan chuqur epidemiologik surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining maxsus laboratoriyalari vabo kasalligini tashhisoti bo‘yicha kerakli jihozlar, reaktivlar va ozuqa muhitlari bilan yetarli miqdorda ta’minlangan. Laboratoriya mutaxassislari qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilgan. Kasallik mavsumida har hafta ochiq suv xavzalaridan na’munalar olib, vabo chaqiruvchilariga tekshirilishi amalga oshirib kelinmoqda. Kasallikka chalingan (gumon qilingan) bemorlarni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizish maqsadida shifo-o‘rinlari zaxirasi tashkil etilgan.

Vabo kasalligiga chalingan bemorlarini davolash ishlarini tashkil etish uchun zarur dori vositalari zaxirasi yaratilgan. Davlat chegara-bojxona postlaridagi sanitariya-karantin punktlari tomonidan kasallanish tarqalgan qo‘shni dalvatlardan tashrif buyuradigan fuqarolarning tibbiy nazorati kuchaytirildi. Karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida sanitariya-targ‘ibot ishlari kuchaytirildi.

O‘zA