Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xatarli cho‘milishdan saqlaning!
22:05 / 2023-08-03

Muhim mavzu.

Ijtimoiy tarmoqlar ehtiyotsizlik oqibatida suvga cho‘kib ketish hollari haqida xabarlar bermoqda. Masalan, 30 iyul kuni Kattaqo‘rg‘on suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 7 nafar yigitdan 4 nafari cho‘kib ketganligi aytildi. Voqeaga yigitlarning fotosuratga tushish maqsadida tartibsiz harakatlari sabab qilib ko‘rsatilgan. Bular Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarida yashovchi 7 nafar yigitlar bo‘lib Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi tanishining tug‘ilgan kunini nishonlash maqsadida borishgan. Shu kuni taxminan 17:30 atrofida mahalladan o‘tuvchi Kattaqo‘rg‘on suv omboriga cho‘milish maqsadida borib, qayiqda qirg‘oqdan taxminan 40 metr uzoqlikka suzib borishgan. Qayiq ustida fotosuratga tushishni niyat qilgan yigitlar muvozanatni yo‘qotishlari oqibitida qayiq ag‘darilib ketgan. Ularning  4 nafari voqea joyida cho‘kib ketgan va 3 nafari qirg‘oqqa suzib chiqa olgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 4 nafar yigitning murdasi topilgan.

Xuddi shunday ayanchli holat Andijon viloyati Baliqchi tumanida ro‘y bergan. 24 iyul kuni Qoradaryoda 2009 va 2011 yillarda tug‘ilgan ikki nafar bola daryoga  cho‘milgani borib cho‘kib ketishgan va 27-28 iyul kunlari Norin tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi g‘avvoslari tomonidan topilgan. Bu haqda Baliqchi tumani hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, 6 iyun kuni Namangan viloyati Uychi tumanida yigit daryoga cho‘kib ketganligi ma’lum bo‘ldi. Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida esa 16 yoshli maktab o‘quvchisi Jo‘n kanaliga cho‘kib ketgan. Suvga tushgan paytda kanaldagi suv oqimi kuchliligi tufayli yigit o‘zini o‘nglay olmagan va oqib ketgan. Uning jasadi g‘avvoslar tomonidan oradan bir kun o‘tganidan keyin topilgan.

Joriy yilning 25 may kuni ham Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida maktab bitiruvchisi Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketganligi haqida xabar berilgandi. Uning jasadi oradan 9 kun o‘tib  topilgan.

Bunday ayanchli voqealar haqida o‘qish nihoyatda og‘ir, lekin afsuski ko‘plab ogohlantirishlarga qaramasdan bunday voqealarning takror va takror yuz berishi albatta achinarli.

Eslatib o‘tamiz, ayniqsa yoshlarni cho‘milish ruxsat etilmagan, taqiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur, o‘ziga notanish bo‘lgan suv havzalarida cho‘milmaslikni tavsiya etamiz.

<iframe width="1519" height="578" src="https://www.youtube.com/embed/42HotHqi60E" title="  Муҳим мавзу: Хатарли чўмилишдан сақланинг!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Kenja Begjanov,

Sardorbek Poyonov,

Iskandar Ismatov, O‘zA