Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xashamatli uydan ayrilmaslik uchun kredit bilan bog‘liq qarzlar to‘landi
18:59 / 2023-08-28

Katta rejalar ko‘pincha katta mablag‘lar evaziga amalga oshiriladi. Buning uchun esa bankdan kredit olishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Biroq, kredit mablag‘i – tuhfa emas, u foizlari bilan qaytarilishi kerak.

Ammo ayrimlar kredit mabag‘ini olib ishlatadi-yu, qaytarishga kelganda ishni paysalga soladi. Mijozning bank oldidagi majburiyatlarini bajarmasligi kredit summasiga foizdan tashqari penyalar qo‘shib hisoblanishiga sabab bo‘ladi.  

Oqibatda kredit oluvchi bor – yo‘g‘idan, hattoki yashab turgan uy joyidan ham ajralib qolishi hech gap emas. Chunki kattaroq kredit olinganda kattaroq mulk gaprovga qo‘yiladi. Shuning uchun ham xalqimizda yetti o‘lchab bir kes, degan naql bor.

Majburiy ijro byurosining Zangiota tumani bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik  ishlari buyicha Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo sudining ijro varaqasi kelib tushgan. Unda da’vogar AITB “Ipak yo‘li” bankining da’vosi asosida javobgarlardan kredit mabalag‘ini majburiy undirish ko‘rsatilgan.  

Buning uchun esa garovga qo‘yilgan uydan javobgarlar zangiotalikni majburiy ko‘chirish nazarda tutilgan.  

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushganidan keyin ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish xaqida qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.

Qarzdor O.Mirzamahmudov davlat ijrochisining qonuniy talablarini bajarmagani yetmaganday, u ijro harakatlariga to‘sqinlik qilishga harakat qilgan.  

Bu holatlar bo‘yicha unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan eng kam oylik ish haqining besh barobari miqdorida jarima  solindi.  

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor nomidagi uy - joy  bank balansiga o‘tkazilgan bo‘lib, bank ushbu mulkni sotuvga qo‘yishini bildirgan.  

Qarzdorni yashab turgan uy - joydan majburiy ko‘chirish choralari ko‘rilganda, qarzdor tomonidan undiruvchi “Ipak yo‘li” banki oldidagi qarzdorlik to‘liq qoplagan.  

Shunga ko‘ra, mazkur hujjat ijrosi ta’minlandi.

O‘zA