“Kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish (Dinshunoslik ta’lim yo‘nalishi misolida)” mavzusida
Xasanova Dilbar Karimdjonovnaning 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish (Dinshunoslik ta’lim yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 6-iyun kuni soat 08:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51;
e-mail: kengash@edu.uz