Xasanov Fozil Kazimjanovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Glossodiniya bilan og‘rigan bemorlarda tilning gemodinamik buzilishi va psixo-emotsional holatning o‘ziga xosliklari» mavzusida
Xasanov Fozil Kazimjanovichning 14.00.21 - “Stomatologiya” ixtisosligi bo‘yicha «Glossodiniya bilan og‘rigan bemorlarda tilning gemodinamik buzilishi va psixo-emotsional holatning o‘ziga xosliklari» mavzusidagi tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 5-avgust kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy.
Tel/faks: (+998 66) 233-30-34
e-mail: ilmiyprorektori@sammi.uz