Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xarris saylovga tayyorgarlikni boshladi
18:27 / 2024-07-22

Kamala Devi Xarris – amerikalik davlat va siyosat arbobi, huquqshunos, Demokratik partiya a’zosi, 2021 yil 20 yanvardan AQSHning 49-vitse-prezidenti. Mamlakat tarixidagi birinchi ayol, qora tanli va osiyo-amerikalik vitse-prezident.

Kamala muhojirlar qizi. Onasi – Shyamala Gopalan hindistonlik, biologiya-tibbiyot tadqiqoti bilan shug‘ullangan. Otasi – Donald Xarris, iqtisodiyot professori, asli Yamaykadan. Ular qizaloq besh yoshida ajrashgan.

Kamala Xarris saylovda ishtirok etishdan bosh tortib, uni Demokratik partiyadan nomzod qilib ko‘rsatishni taklif qilgan Jo Baydenning qo‘llab-quvvatlovini minnatdorlik bilan qabul qilishini bildirdi.

Xabar qilinishicha, u allaqachon nomzodlik uchun kurashni boshlagan va partiyadoshlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

– Prezident tomonidan qo‘llab-quvvatlanganimdan faxrlanaman va nomzodlikka intilmoqchiman, – dedi Xarris. – Men Demokratik partiyani va xalqimizni birlashtirish, Donald Trampni mag‘lub etish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Saylov kuniga 107 kun qoldi. Biz birgalikda kurashamiz va g‘alaba qozonamiz.

Vitse-prezident fikricha, Baydenning saylovdan voz kechish qarori vatanparvarlik namunasi:

– Prezident Bayden butun umri davomida o‘z ishini qilib kelmoqda. U Amerika xalqi va mamlakatimiz manfaatini doim birinchi o‘ringa qo‘yadi.

Tramp bilan debatdagi chiqishdan keyin poygada qolish-qolmaslik bilan bog‘liq muhokama davom etarkan, Xarris Prezidentga sodiq qoldi. Munozara natijasida janjal chiqqandan bir kun o‘tib, u saylov oldi tashviqoti yig‘ilishlaridan birida shunday dedi: “Biz Prezidentimiz Jo Baydenga ishonamiz”.

Demokratlarda hali rasman nomzod yo‘q: Bayden Xarrisni qo‘llab-quvvatlashini bildirganiga qaramay, boshqa raqiblar bo‘lmaydi, deyish mumkin emas. Ovoz berish 19 avgust kuni Chikagoda ochiladigan Demokratik partiya milliy qurultoyida kechadi. Manbalar ma’lum qilishicha, Xarris taniqli demokratlar, jumladan qonunchilar va gubernatorlar qo‘llab-quvvatlovini ta’minlash uchun yakshanba kuni kechqurun telefon qo‘ng‘iroqlarini boshlagan.

Xarris jamoasi bor imkoniyatdan foydalanishga qaror qilgan. Uning ittifoqchilari fikricha, 1 avgust kuniga belgilangan nomzodlik bo‘yicha birinchi ovoz berish oldidan imkon qadar ko‘proq yordam olish zarur.

– Buning uchun jamoa hozir kongress delegatlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirish bo‘yicha o‘ta keskin ish yurityapti, – deb yozdi CNN telekompaniyasi. Shuningdek, Xarris nomidan xayriya so‘rash uchun elektron pochta xabarlari yuborila boshlandi.

– Men Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentligiga nomzodimni qo‘ymoqchiman, – deyilgan shunday xatlarning birida. – Prezident ma’qullovini olish men uchun sharaf. Nomzodlikni qo‘lga kiritish va g‘alaba qozonish niyatidaman.

Amerika siyosiy harakatlar qo‘mitasi va pul yig‘ish platformasi, demokratik notijorat tashkilotlari va siyosatchilarga xizmat ko‘rsatish maqsadida tuzilgan “ActBlue” mablag‘ yig‘ish platformasi Xarris kampaniyasiga xayriya sezilarli darajada ko‘paygani, Bayden qarorini e’lon qilgandan keyin dastlabki besh soat ichida 27,5 million dollardan ko‘p mablag‘ to‘plagani, bir necha soatdan keyin pul 46,7 million dollarga ko‘tarilganini ma’lum qildi.

Kutilmagan kongress

Xarris yagona ehtimoliy nomzod emas. Masalan, unga Michigan gubernatori Gretchen Uitmer, Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom va transport vaziri Pit Buttijij raqib bo‘lishi mumkin edi. Hozircha faqat Nyusom Xarrisni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

– Kuchli, qo‘rqmas, qat’iyatli, – dedi Nyusom Xarris haqida o‘z bayonotida. –  Demokratiyamiz va kelajagimiz xavf ostida turgan bir paytda Donald Trampning qorong‘i rejasiga qarshi turish va mamlakatimizni sog‘lom yo‘lga yo‘naltirish uchun vitse-prezident Kamala Xarrisdan yaxshiroq nomzod yo‘q.

Klintonlar Kamala tarafdori, Obama jim...

AQSH sobiq Prezidenti, Davlat kotibi Bill Klinton va uning turmush o‘rtog‘i Xillari allaqachon Xarris nomzodini yoqlab chiqishgan. Juftlik ijtimoiy tarmoqda Trampning g‘alabasidan ogohlantirib e’lon qilgan bayonotda shunday deyilgan:

– Endi Kamala Xarris bilan birga bo‘lish va uning saylanishi uchun kurashish vaqti keldi. To‘g‘ri, ko‘tarilish va pasayish bo‘ldi, biroq bu bizni mamlakat kelajagi borasida Trampning ikkinchi muddatga prezidentlik qilish xavfidan ko‘ra ko‘p tashvishlantirmaydi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Bayden bilan birga ishlagan sobiq prezident Barak Obama kampaniyadan voz kechish qarori uchun minnatdorlik bildirib, uni “yuqori darajadagi vatanparvar” degan. Xarrisni esa bevosita qo‘llab-quvvatlamagan.

Tramp allaqachon Xarrisga qarshi chiqdi: CNN telekanali savoliga javob berarkan, vitse-prezidentni yengish osonroq bo‘lishini aytdi. Respublikachilar milliy qo‘mitasi rasmiy kanalida AQSH rasmiylarining noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash borasidagi siyosati tanqid qilingan ikki daqiqali video lavha paydo bo‘ldi. Respublikachilar Bayden Xarrisga 2021 yil bu sohada islohot o‘tkazishni ishonib topshirganini e’tibordan chetda qoldirmadi. Tramp va tarafdorlari Baydenning to‘rt yillik boshqaruvi davomida ayni yo‘nalishda hech qanday yaxshilanish kuzatilmaganini aytmoqda.

Xarris – tavakkalchi, ammo aksar demokratlar buni qabul qilishga tayyor

Prezidentlikka da’vo qilgan birinchi qora tanli ayolga e’tiborsizlik partiya uchun dahshatli bo‘lar edi. Bundan tashqari, u kampaniya davomida to‘plangan taxminan 100 million dollarga darhol egalik qilish huquqiga ega bo‘ladi. Afsuski, xavf ham mavjud. So‘rovga ko‘ra, Xarrisning reytingi Baydennikidan past. To‘qnash kelinganda Trampni mag‘lub etish imkoniyati bir xil. Ikkinchidan, Xarris vitse-prezident sifatida qiyin davrni o‘tkazdi. Boshqaruv boshida unga AQSH – Meksika chegarasidagi migratsiya inqirozini bartaraf etish vazifasi yuklatilgan. Bu oson ish emas, bir necha xato va noto‘g‘ri gaplar tanqidga sabab bo‘ldi. Xarrisni tanlash demokratlar uchun xavf tug‘diradi, ammo hozircha xavfsiz variant yo‘q. Xullas, Donald Trampning g‘alabasi ehtimoli juda yuqori.

Muharrama Pirmatova tayyorladi. O‘zA