Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xarris Gants bilan nima haqda gaplashdi?
19:47 / 2024-03-05

Vitse-prezident Kamala Xarris, AQSHning G‘azo masalasiga yondashuviga bosim kuchayib borayotgan bir paytda, Isroil rasmiy vakillaridan biri Benni Gants bilan uchrashdi. Dushanba kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan muloqotda Xarris Isroil qo‘llab-quvvatlanishini yana bir bor ta’kidlab, Gantsni G‘azoga ko‘proq gumanitar yordam olib kirishga undadi. Shuningdek, u olti haftalik sulh evaziga XAMAS tomonidan olingan asirlar ozod etilishiga erishiladigan kelishuv juda muhimligini qo‘shimcha qildi.

Tahlilchilar Isroil – XAMAS urushi 2,3 millionga yaqin aholi yashaydigan hududni halokat yoqasiga olib kelganini qayd etyapti. Portlashlar oqibatida aksar aholi ko‘chirilgan. Qamal joyida oziq-ovqat, suv va dori-darmon tanqisligi yuzaga kelgan. 30 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Mutaxassislar Vashington Isroilni tinchlik o‘rnatishga undamas ekan, so‘nggi kunlardagi insonparvarlik ko‘magi foydasiz ekanini aytmoqda. Qo‘shma Shtatlar har yili Isroilga 3,8 milliard dollar harbiy yordam berib keladi. O‘tgan hafta Michigan shtatida saylov poygasida ishtirok etayotgan amaldagi Prezidentning 100 mingdan ko‘p eski qo‘llovchisi Baydenga ishonchsizlik bildirgan.