Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xarris: Bayden bilan birga saylovda qatnashishga tayyorman
15:22 / 2022-09-12

AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris amaldagi davlat rahbari 2024 yil ikkinchi muddatga prezidentlik saylovida qatnashadigan bo‘lsa, Bayden bilan birga saylovga borishga tayyorligini bildirdi.

“Prezident agar nomzodini takror qo‘ysa, men u bilan saylovda ishtirok etishdan faxrlanaman”, dedi Xarris “NBC” telekanaliga bergan intervyusida.

Vitse-prezident lavozimi jiddiy ekanini ta’kidlarkan, Xarris “AQSH rahbariga mamlakatga taalluqli muhim masalalar, shuningdek ichki va tashqi siyosat yuritishda yordamchi” ekanini ta’kidlagan.

Iyul oyi oxirida AQSH Prezidenti matbuot kotibi Karin Jan-Per Demokratik partiya tarafdorlarining 75 foizi nomzodini qayta ko‘rsatishiga qarshiligiga qaramay, Bayden 2024 yil ham saylovda qatnashish niyatini bildirganini bildirgan edi.