Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xarobaga aylanayotgan xiyobon
14:58 / 2025-08-22

FOTOTANQID

Qarshi shahri markazida Amir Temur ko‘prigi yonida joylashgan istirohat bog‘ining ochilishi mahalliy aholini behad quvontirgan edi. Daryo bo‘yidagi so‘lim maskanda barcha sharoitlar bor edi. Katamaranlar, bolalar uchun attraksionlar, sport maydonchalari doimo odamlar bilan gavjum edi. Ayniqsa yozning jazirama kunlarida bu maskan jonning rohati bo‘lardi. Odamlar bu maskanni “shaharning o‘pkasi” deb atashardi. 

Ming afsuski, bugun ushbu xiyobonga sukunat cho‘mgan. Katamaranlar harakatsiz, attraksionlar talon-toroj qilingan, yoritish chiroqlari so‘ngan, suv yo‘llari qurigan, dov-daraxtlar parvarishsiz qolgan. 

Befayz, kun sayin xarobaga aylanib borayotgan xiyobonga boqib, shaharsozlikdagi muvozanat, ekologik nazorat, moliyaviy barqarorlik va eng muhimi, jamoat mulkiga munosabat haqida o‘ylaymiz. Chunki bu maskan qancha insonlarning orzusi, mehnati va umididan bunyod bo‘lgan edi. 

[gallery-24900]

Uni qayta tiklash mumkinmi? Bizningcha, mumkin. Faqat buning uchun mablag‘ bilan birga e’tibor va jamoaviy iroda kerak. Demak, xiyobonning taqdiri bizning tanlovimizga bog‘liq: uni butkul unutamizmi yoki qayta uyg‘otamizmi? 

Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA