French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xaridorgir mahsulotlar
17:18 / 2016-01-22

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar bermoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar bermoqda.

Buni 2007-yilda tashkil etilgan «Magnum Medikal Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati misolida ham ko‘rish mumkin.

Dastlab korxonada bir turdagi tibbiyot uskunasi – havoni zararsizlantiradigan nurlantirish moslamasini ishlab chiqarishda atigi to‘rt ishchi mehnat qilgan bo‘lsa, ayni paytda ular qariyb 50 nafarga yetdi. Ishchilarning aksariyati yoshlardir. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabalari va Toshkent radiotexnika kasb-hunar kolleji o‘quvchilari korxonada amaliyot o‘tash jarayonida kasb sirlarini puxta o‘rganmoqda.

Korxonada bugun o‘lchash asboblari, jarrohlik va fizioterapiya uskunalari, tibbiyot jihozlari, binodagi havoni zararsizlantiradigan turli uskunalar – jami yuzdan ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqarilayotir. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti buyurtmasiga asosan bolalar umurtqa kasalliklari va suyak sinishini davolash imkonini beradigan moslamalar tayyorlab berilmoqda. O‘tgan yili qiymati 2,5 milliard so‘mlik mahsulot sotildi. Past chastotali impuls terapiyasi va yuqori chastotali elektrojarrohlik apparatlari, shuningdek, devorga o‘rnatiladigan hamda ko‘chma nurlantirish moslamasi korxona tomonidan ishlab chiqarilgan yangi mahsulotlar sirasiga kiradi.

Keyingi 8-yilda korxona mamlakatimizda o‘tkazib kelinayotgan xalqaro va innovatsiya yarmarkalari, kooperatsiya birjalari va tibbiyot ko‘rgazmalarida faol ishtirok etmoqda. Prezidentimizning 2011-yil 29-iyuldagi «2011-2013-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «Magnum Medikal Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati Tayyor mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritildi. Korxona jarrohlik, fizioterapiya va rentgen asbob-uskunalarini ta’mirlash, tekshirish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ham faoliyat olib boradi.

2014-yili o‘tkazilgan «Tashabbus» ko‘rik-tanlovida korxonaning tibbiyot sohasi rivojiga qo‘shayotgan hissasi munosib baholanib, «Eng yaxshi innovatsion loyiha» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Prezidentimizning 2015-yil 26-avgustdagi farmoniga binoan «Magnum Medikal Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Otabek Jiyanboyev «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Yaqinda korxona faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida bu yerda bolalar, oshxona va ofis mebellari, kiyim-kechaklar uchun kupe-shkaf va ko‘p seksiyali shkaflar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, laboratoriya stollari va shkaflar ishlab chiqarish rejalashtirilayotir. Bu yana 20 yangi ish o‘rnini tashkil etish imkonini beradi.