Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xarbinda xalqaro shaxmat turniri boshlanmoqda
11:59 / 2025-11-05

Bugun, 5 noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Xarbin shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning shaxmat jamoalari o‘rtasida VII xalqaro turnir boshlanmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqada 10 ta davlatdan 12 ta jamoa ishtirok etmoqda. Har bir jamoa tarkibi 4 nafar (3 nafar erkak va 1 nafar ayol) sportchidan iborat.

Xarbinda o‘tadigan xalqaro turnirda O‘zbekiston jamoasi sharafini mahoratli yosh shaxmatchilarimiz Bahrom Baxrillayev, Muhammadali Abdurahmonov, Asrorjon Omonov va Nilufar Imomqo‘ziyeva himoya qiladi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA