French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Xanchjou-2022": Jalgasbay Berdimuratov finalda
09:54 / 2023-10-04

XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida sport kurashlari bo‘yicha bellashuvlar boshlandi. Musobaqaning yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jalgasbay Berdimuratov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Yarim finalda polvonimiz 87 kg vazn toifasida Masato Sumi (Yaponiya) ustidan g‘alaba qozondi va oltin medal uchun kurashadigan bo‘ldi.

Finalda vakilimiz eronlik Nosir Ilizoda bilan bellashadi.

Bugun esa futbolchilarimiz final yo‘llanmasi uchun maydonga tushsa, og‘ir atletika, velosport, yengil atletika, ot sporti turlarida medallar uchun qizg‘in kurash boradi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA