French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xanchjou-2022”: Futbolchilarimiz navbatdagi bosqichga yo‘l oldi
16:23 / 2023-09-25

Osiyo o‘yinlarining guruh bosqichida ishtirok etayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "C" guruhida Gonkong termasiga qarshi ikkinchi uchrashuvda maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi 4-daqiqasida Ley Ngai Xoi hisobni ochgan holda jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda futbolchilarimiz o‘yin tizginini o‘z qo‘llariga oldi. 65-daqiqada Alibek Davronov raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tib Jasur Jaloliddinov terma jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, “C” guruhida terma jamomiz 6 ochko bilan birinchi o‘rindan joy oldi va pley-off bosqichida Indoneziya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA