“Texnikum o‘quvchilarining iqtisodiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik dasturiy vositasini yaratish va qo‘llash metodikasi” mavzusida
Xamidova Dilorom Muhitdinovnaning 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Texnikum o‘quvchilarining iqtisodiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik dasturiy vositasini yaratish va qo‘llash metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 31 may kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51
e-mail: kengash@edu.uz