Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XAMAS yetakchisi: Yaqin Sharqdagi vaziyat nazoratdan chiqib ketishi mumkin
15:34 / 2023-10-27

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi tajovuzini davom ettirish butun mintaqani nazoratdan chiqarib yuboradi, dedi XAMAS siyosiy byurosi raisi Ismoil Xaniya.

U arab va islom davlatlarini qurol hamda mablag‘ bilan ta’minlash orqali harakatni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

– G‘azoda qarshilik davom etyapti, – dedi Xaniya videomurojaatida. – Men arab va islom xalqlarini bu qarshilikni pul va qurol bilan qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Falastin hududida faoliyat yuritayotgan barcha qarshilik kuchlari, jumladan XAMAS ham milliy ozodlik harakatidir. Ularning maqsadi xalqi va zaminini ozod qilish.