Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XAMAS rahbari: G‘azoga hujum mintaqaviy urushga aylanishi mumkin
16:26 / 2023-10-20

Isroilning G‘azoga hujumi davom etishi mintaqaviy qarama-qarshilikka olib kelishi mumkin. Falastinning XAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya video murojaatida shundan ogohlantirgan.

Uning eslatishicha, AQSH va Yevropadagi ayrim davlatlar Isroilni qo‘lllash uchun ushbu mamlakatga kelgan.

Haniya ta’kidlashicha, olib borilgan sa’y-harakatlarga qaramay, Vashington ma’muriyati “Isroilga G‘azo sektoriga hujum qilishda mintaqaviy va xalqaro yordam ko‘rsata olmadi va arablar majburan ko‘chirilishiga rozi bo‘ldi:

– Bosimga qaramay, arab va islom davlatlari falastinliklarning majburiy ko‘chirilishiga qarshi aniq pozitsiyasini bildirgan. Bunday yondashuv Fors ko‘rfazi davlatlari strategik hamkorlik kengashi, Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari ligasi yig‘ilishlarida yangradi.

XAMAS rahbari AQSH ma’muriyati xalqni Isroilning yolg‘onlariga ishontira olmaganini ta’kidlarkan, “G‘azo sektoriga qarshi shafqatsiz hujum, vayronagarchilik va qon to‘kish davom etib, mintaqaviy urushga aylanib ketishi”dan ogohlantirdi.

Shuningdek, u bir qator arab va islom davlatlari vakillari bilan uchrashuvni esladi. Haniya ushbu muloqotlarda Isroil – Falastin mojarosiga yechim faqat ishg‘olni to‘xtatish, poytaxti Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini barpo etish orqali yechim topish mumkinligiga e’tibor qaratgan va hujumkor qo‘mondonlar javobgarlikka tortilishini talab qilgan.

Siyosiy byuro rahbari Falastin xalqini, shuningdek, arab va islom dunyosini juma kuni “G‘azo sektoriga hujumni to‘xtating, deportatsiya va muqobil vatan yo‘q” shiori bilan ko‘chalarga chiqishga chaqirdi.

G.Sattorova, O‘zA