Xamas garovga olingan amerikalikni ozod qilishga rozi
Isroil va Amerika fuqaroligiga ega bo‘lgan Edan Aleksandr o‘t ochishni to‘xtatish, rejim blokadasi ostidagi hududga o‘tish joylarini qayta ochish va yordam yetkazib berishni qayta tiklash harakatlari doirasida ozodlikka chiqishi mumkin. Bu haqda “Euronews” nashri yozmoqda.
AQSH prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bu xabarni tasdiqladi va buni “Qo‘shma Shtatlarga nisbatan vijdonan qilingan qadam” deb atadi.
Qariyb oltmishga yaqin garovga olingan shaxslar hamon G‘azoda, ularning uchdan bir qismi tirik ekani taxmin qilinmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA