Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqni sanʼatkorlar buzayaptimi?
15:47 / 2020-06-25

Siz nima deysiz?


Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi “Oʼzbekiston Respublikasi. Xalq fikri / Mneniye naroda” guruhida Farxod Ismailov tomonidan «Nargiza Abdullayeva xalqni sanʼatkorlar buzayotganini aytdi. Aktirisalarning figurasini koʻz koʻz qilish uchun instagram borligini aytdi va tanasiga yopishib turadigan kiyimlar bilan...» sarlavhasi ostida qoldirilgan posti katta muhokamalarga sabab boʻlmoqda. https://www.facebook.com/groups/127663087931436/permalink/578356739528733/

d9512e11-0362-4666-a5de-d061614399bd.jpg

Muhokamalarda keltirilgan ayrim fikrlarni eʼtiboringizga havol qilamiz.


Malohat Toirova:
– Bunday tanqidlarni hamma sanʼatkorlar ham aytavermaydilar (aytolmaydilar).

Otaboy Yoʻldoshev:
– Toʻppa-toʻgʻri, artistlar xalqni yoʻldan uradi, koʻpchilik buzilib boʻlishdi.

Mirzohid Ikromjonovich:
– Islomiy tarbiya muhiti hukmron oilaga, kinomi, instagram balosimi, battarmi salbiy taʼsir qilmaydi... chunki bunday oilada unaqalarga ehtiyoj, xohish tugʻilmaydi.

Shirin Boboyeva:
– Nima boʻlgandayam shu aktrisani hurmat qilaman. Gaplari toʻgʻri, shu aqlli fikrlarni olgan olar, olmasa oʻziga. Uni oʻziga kelsak bu ayol hayotning achchiqlarini tortgan kuchli ayol. Mani shaxsiy fikrim shunday, aktrisalarimiz koʻpaysin va yoshlarga oʻrnak koʻrsatishsin, zora buni foydasi tegsin, xulosa qilishsin...

Zulfiyaxon Karabayeva:
– Nargizaning gaplari kimlargadir tegib ketgan shekilli. Izohlar jahl bilan yozilyapti. Juda toʻgʻri gaplar aytgan. Suniy kiprik, doʻrdoq labning nimasi goʻzal. Koʻngling ayniydi.

Nurmamat Bekmamatov:
– Endi gapirganingiz uchun rahmat. Bizni hozirgi kinolarimizda milliylik yoʻqolgan. Kinolarni farzandlaringiz bilan, yoki opa-singillarimiz bilan koʻrib boʻlmaydi.

Oyatillo Orifjonov:
– Sulton Sulaymonni oldida tushgan rasmimiz bu gaplarim rostligidan demoqchidir.

2877c01f-5c64-4b98-a5ce-fd1e637999f9.jpg

Shirin Boboyeva:
– Tushgan boʻlsa bitta jonsiz maniken oldida chekkada tushibdi. Gʻiybatchilar gʻiybat botqogʻida bulgʻanishni davom ettiring....

Sarvinoz Turaboyeva:
– Xalqimiz ajoyibda. Na yaxshi gapga koʻnib shunga ergashadi, na tanqidni koʻtara oladi. Har holda bu yerda notoʻgʻri fikr aytilmagan. Aslida sanʼat ahli butun kelajak avlodning yoʻlboshchisi hisoblanadi. Yoshlar shunga qarab madaniyatni oʻzini tutishni oʻzgartiradi va ular qanday boʻlsa shunga qarab intiladi. Bu yoshlarning nodonligidanmas, shunchaki, kim mashhur va koʻzga koʻringan boʻlsa shunga oʻxshab namoyon boʻlishni xohlovchi hissiyotlilardir. Shunday ekan, hamma oʻz-oʻziga javob bersa va kimligini unda qanday masʼuliyat borligini unutmasa, olam guliston!

Gulnora Sayfullayeva:
– Bu ayni haqiqat. Sanʼatkor, kino va seriallar yigit-qizlar, ayollar muomalasiga taʼsir qilgan. Ayniqsa, turk seriali, betayin oʻzbek serialiyu qoʻshiqchilarining xiyonat, sevgiga ishonmaslik haqidagi qoʻshiqlari koʻpchilikka taʼsir qilmoqda. Biz sevgi-muhabbatga ishonchni unutsak, dinimiz Islom deb qanday ayta olamiz. Sevgi faqat qiz bilan yigit oʻrtasida emasku, qalbimizda nafrat bilan qanday farzandlarimizni tarbiyalaymiz. Nargizaning gaplarida jon bor. Bozorlarimizga milliylik qaytsin. Shu sanʼatkorlar kiysa, xalq kiyadi.

Raʼno Shukurova:
– Artitslar kiyib chiqsa, taqlid qilayotganlarning oʻz fikri yoʻqmi? Koʻr-koʻrona, yoqtirib man ham shunaqa qilaman devursa...

Mavzu yuzasidan bildirilayotgan munosabatlar turli-tuman. Xulosa esa bitta, sanʼat ahli avvalombor, xalq uchun xizmat qilishini inobatga oladigan boʻlsak, ularning yurish-turishi, kiyinishi, jamoa oldida oʻzini tutishi barchaga namuna boʻlishi lozim. Komiljon Otaniyozov, Tavakkal Qodirov, Ortiq Otajonov, Tamaraxonim singari sanʼat arboblaridek nomlari tarixda qolishini istagan sanʼatkorlarimiz oʻzlarini hozirdan isloh qilishlari shart.

Siz nima deysiz?

Manija BAHRIYEVA,
jurnalist