Xalqlar do‘stligi maydonida milliy g‘ururimiz ramzi — bayroq hilpirab turibdi (+video)
Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilgan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostidagi estafetaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Surxondaryo viloyatlaridan start berildi.
Uzoq masofalarni bosib o‘tgan bayrog‘imiz poytaxtning yuragi — Xalqlar do‘stligi maydoniga tantanali ravishda kirib keldi.
Maydonda harbiy paradlar, shoir va yozuvchilar, taniqli san’atkorlar ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Kechaga o‘zgacha ruh bag‘ishlagan dron-shou osmonni yanada rang-barang qildi.
Poytaxt aholisi bayram kayfiyatida. Har bir qadamda faxr, quvonch va Vatanga bo‘lgan muhabbat seziladi. Bugungi tantana bizga yana bir bor birlashgan xalqning qudratini, bayroq atrofida jam bo‘lgan millatning yagona maqsadini eslatdi.
Video lavhada batafsil tomosha qiling.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uXSkBhwntHU" title="Xalqlar do‘stligi maydonida milliy g‘ururimiz ramzi — bayroq hilpirab turibdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev,
Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA