Xalqlar do‘stligi maydonida harbiy texnikalar namoyishi (+video)
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan poytaxtimizning Xalqlar do‘stligi maydonida harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Saroy oldida bayramona bezatilgan sahnada Qurolli Kuchlar orkestri xonandalari ijrosidagi jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar yangrab, barchani shodu-xurramlikka chorladi. Albatta, tinchlik, osudalik hukmron yurtga ana shunday bayramlar, o‘yin-kulgu yarashadi.
Maydon bo‘ylab tizilib turgan mana bu harbiy zirhli mashinalar, bronetransportyorlar, yopirilma zarbalar bera oladigan qurol-aslahalar va sapyorlar texnikalarini faqat televizorda yoki internetda kuzatgan yoshlar, ularning ichiga kirib yaqindan tanishmoqdalar. Harbiylar yigit-qizlarga ushbu texnikalarning jangovorlik xususiyatlari haqida so‘zlab bermoqda.
Taniqli xonanda va sozandalarning chiqishlari, harbiy orkestr ishtirokidagi jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar ijro etilishi tashkillangan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/078T6uhcN40?si=HDn7VxTI8RpxzgZ7" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Salimjon Obidjonov, O‘zA