English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni topshirildi
20:34 / 2022-08-13

Samarqandda "Xalqlar do‘stligi" nishoni bilan taqdirlangan bir guruh yurtdoshlarimizga mukofot topshirish marosimi o‘tkazildi.

Turli millat va elatga mansub fidoyi hamyurtlarimiz, milliy-madaniy markazlar faollari ishtirok etgan
tadbirda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, viloyat hokimligi mas’ullari yuksak mukofotga sazovor bo‘lganlarni samimiy tabrikladi. Yurtimiz aholisining millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, teng huquqli fuqaro sifatida qonuniy manfaatlari ta’minlanayotgani, millatlararo do‘stlik va o‘zaro bag‘rikenglikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Samarali va fidokorona mehnatlari uchun davlat va jamoat tashkilotlari, milliy-madaniy markazlar vakillariga “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi.

– Mukofot meni ruhlantirdi, – dedi “Polonez” polyak madaniyat markazi raisi o‘rinbosari Natalya Tatarenko. – Sababi, millati, elatidan qat’i nazar, har bir inson borki, o‘zini yagona oilada, o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglikda yashab, O‘zbekistonni o‘z Vatani, deb hisoblaydi. Shular qatorida polyaklar ham yurtimiz rivojiga daxldorlik hissi bilan yashamoqda. Samarqand shahridagi “Do‘stlik uyi”da joylashgan markazimizda o‘z qadriyat va an’analarimizni targ‘ib etish, bayramlarimizni nishonlash uchun barcha sharoit yaratilganligidan mamnunmiz.

G‘.Hasanov, O‘zA