Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqimizning o‘lmas ma’naviy boyligi
15:58 / 2024-10-18

Andijon davlat universitetida buyuk muhaddis Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan “Imom Termiziyning ilmiy-ma’naviy merosi: o‘tmish va bugun” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi hamda universitet hamkorligida o‘tkazilgan mazkur davra suhbatida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, imom-xatiblar, talaba yoshlar ishtirok etdi.  

[gallery-19827]

Davra suhbati ochilishida so‘z olganlar tomonidan mamlakatimizda buyuk ajdodlarimiz, ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini o‘rganish, yurtimizda va xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, ularning hayoti, faoliyati, ilmiy, ijodiy merosi haqida yoshlarimizning bilim va tushunchalarini boyitish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, ulardan faxrlanish, shu orqali yoshlar qalbida ko‘hna tariximizga, ulug‘ allomalarga, ona Vatanimizga hurmat va muhabbat tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi qayd etildi. 

Tadbirda olimlar, mutaxassislarning ulug‘ allomalarimiz, xususan, imom Termiziy hayoti va faoliyati, asarlari haqidagi ma’ruzalar tinglandi. Ulug‘ muhaddisning “Al-Jome’ al-kabir”, “Ilal (Sag‘ir)”, asarlari haqida keng ma’lumotlar berildi. Imom Termiziyning ilmiy-ma’naviy merosi – xalqimizning o‘lmas ma’naviy boyligi ekanligi aytib o‘tildi.  

 Davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan ma’ruzalar, shuningdek, Imom Termiziy qoldirgan asarlarning tarbiyaviy ahamiyati, ularni o‘rganish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.  

F.  Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (foto),  

O‘zA muxbirlari