Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos
17:34 / 2023-03-17

“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida “Yangilanayotgan Konstitutsiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi” mavzusida ma’naviyat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi” professori, yuridik fanlari doktori Feruza Muxitdinova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi qarori va joriy yilning 30 aprel kuni o‘tkaziladigan umumxalq referendumi to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Ma’ruzachi o‘z so‘zida Yangilanayotgan Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo esa “Inson qadri uchun” g‘oyasining ustuvor yo‘nalish sifatida belgilashi qayd etilganligini ta’kidladi.

Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartishlar avvalo, inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilishi zarur. Ana shundagina xalqimizni farovonlik, mamlakatimizni esa barqaror taraqqiyot sari yetaklaydi.

Tadbir ishtirokchilari kuni kecha e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish va o‘tkaziladigan umumxalq referendumida faol ishtirok etish lozimligi haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

O‘zA