Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqimiz mashaqqatlar oldida chekinmaydi
12:35 / 2020-05-03

Tabiat qiyinchiliklari, turli kutilmagan ofatlar xalqimiz irodasini aslo bukolmagan.


Keyingi oylarda xalqimiz boshiga tushgan ofat-koronovirus pademiyasidagi mashaqqatlarni yengib oʻtishda xalqimiz koʻrsatayotgan oʻzaro hamkorlik, jipslik, Prezidentimiz Murojaatlariga labbay deb javob berib, bir musht boʻlib birlashib, karantindan sogʻ-omon chiqib, oilalari bagʻriga qaytayotgan har bir vatandoshimiz oʻz shijoat va jasoratini yana bir marta namoyish qildi.

Tabiat qiyinchiliklari, turli kutilmagan ofatlar xalqimiz irodasini aslo bukolmagan.

Kuni kecha Sirdaryo viloyati Sardabo tumanidagi tabiiy ofat ham barcha hamyurtlarimizni yana bir marta mardonavor oʻzaro koʻmakka, qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi. Kuchli yomgʻir va shamol oqibatida Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelishi tufayli tumanning Qoʻrgʻontepa, Doʻstlik, Yurtdosh qishloqlari aholisi yashash joylarini suv bosib ketganligi va boshqa barcha talafotlar har bir Oʻzbekistonlikni xavotirga soldi.

Xalqimiz Prezidentimizning nafaqat mamlakatimiz taqdiri, balki yurtimizning har bir fuqarosiga boʻlgan mehr va gʻamxoʻrligini, eʼtiborini har bir qilinayotgan ishlarda anglab, sezib turadilar.

Ayniqsa, sirdaryolik hamyurtlarimiz Prezidentimizning zudlik bilan voqea sodir boʻlgan yerga yetib kelganini, IIV, Milliy gvardiya,FVV va Bosh Vazir rahbarligidagi barcha hukumat aʼzolari, rahbarlar roʻy bergan talafot oqibatlarni bartaraf qilishga kirishganligiga guvoh boʻlib, bu tabiiy ofatdan ham omon-eson chiqishlariga qattiq ishonmoqdalar.

Davlatimiz rahbari hudud aholisi bilan uchrashib, ushbu sinovli kunlarni sabr bardosh bilan yengish uchun barcha chora tadbirlar belgilanishini aytdi.Ayniqsa Prezidentimizning “Sharoit yaxshi boʻlmaguncha birorta rahbar men boshchiligimda hech qayoqqa ketmaydi”deb topshiriq bergani ham davlatimiz rahbarining hamisha xalq bilan birga ekanligining yorqin koʻrinishidir.

Aholini suv toshqinidan asrash uchun 11 ming 598 nafar fuqaro zudlik bilan evakuatsiya qilingani, talafot koʻrgan oilalarga tibbiy, moddiy, maʼnaviy yordam berilayotganligi ham diqqatga sazovordir. Shu oʻrinda men Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi quyidagi soʻzlarni keltirib oʻtmoqchiman: “Biz hech qachon mehnatdan qochmaydigan, qiyinchiliklardan qoʻrqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, azmu shijoatli, buyuk xalqmiz... Bu yoʻlda qanday qiyinchilik va mashaqqatlar boʻlmasin barchasini mardona yengib oʻtishga tayyormiz”

Shu kunlarda Prezidentimiz tilga olgan bu tarixiy haqiqatlar xalqimizning oʻzaro birodorligida, bir-biriga hamkorligi, qiyinchiliklar oldida kamarbastaligi, ogʻizbirligida namoyon boʻlmoqda. Bu fazilatlarni biz avvalo davlatimiz rahbarining tabiiy ofatlarni bartaraf qilishdagi jonkuyarligi, belgilanayotgan chora va tadbirlar, qiynalgan har bir fuqaroga gʻamxoʻrligida roʻy-rost koʻrmoqdamiz. Bu esa tabbiy qiyinchiliklarni yengish uchun qiynalayotganlarga har bir Oʻzbekistonlik yordam qoʻlini choʻzayotganligida namoyon boʻlmoqda.

Sardobadagi suv toshqini ofatlaridan ozor chekkan, talafot koʻrgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash, qishloqlar, ekin maydonlaridagi talafotlar oqibatini tugatishga Qoraqalpogʻistonlik doʻsti-birodarlar birinchilardan boʻlib yordam berdilar. Sirdaryoga qoraqalpoq elidan 30 bosh qoramol, 35 tonnadan ziyod guruch, 50 million soʻmlik kiyim kechaklar, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsuloti joʻnatildi.i Shuningdek Sirdaryoning yordam hisob raqamiga 5 milliard soʻm mablagʻ oʻtkazib berildi.

Qoraqalpogʻistonliklar yaqinda Buxoro viloyatining Olot tumanidagi tabiiy ofat oqibatlarini tugatish uchun ham 200 tonna sement, Z0 tonnadan ortiq guruch joʻnatib Olotliklarni qoʻllab – quvvatlagan edilar. Biz qoraqalpogʻistonliklar Sardoba tumani xalqi bilan birgamiz, ularga hamdardmiz. Kasalxonadagi bemor xam, uysiz qolayotgan aholi ham, ekinlari nobud boʻlgan,bogʻlari talofat koʻrgan dehqonu, bogʻbon ham aslo yolgʻiz emas.Butun xalqimiz mehridan, qoʻllab quvvatlashidan bu ofatlar tezda bartaraf boʻlishiga ishonamiz.

Negaki biz yashayotgan zaminda insoniyat paydo boʻlganidan beri odamzod ne-ne balolarga giriftor boʻlmagan. Odamlar hamisha bir-biriga intilib, birini qullab, bir-birigaishonib yashaganlar. Bir-birining ogʻririni yengil qilganlar,dardiga malham boʻlganlar.Bunday ulugʻ qadriyatlar xalqimizning buyuk maʼnaviy merosiga aylanganini hayot haqiqatlari koʻrsatib turibdi.

Bularning barchasi mamlakatimizda xalqparparvar, inson manfaatlarini hamma narsadan ustun qoʻyib kelayotgan Prezidentimizning qaror va Farmonlari ijrosi bilan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida, obod shahar va qishloqlarda, yoshlarimizning ishonch toʻla murod va maqsadlarida namoyon boʻlmoqda.

Xulosa oʻrnida davlatimiz rahbarining quyidagi soʻzlarini keltirib oʻtish joiz deb oʻylayman: “Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak. Oldimizda uzoq va mashaqqatli yoʻl turibdi. Barchamiz jipslashib...ishimizni mukammal bajarsak, oʻzimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta hayotimiz va jamiyatimiz oʻzgaradi...”

Prezidentimiz xalqimiz matonatiga ishonadi. Hayotimiz uchun ogʻir kelayotgan 2020-yilning barcha qiyinchiliklari albatta orqada qoladi. Mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat Vatanimizning ijtimoiy iqtisodiy ravnaqi, tinchlik osoyishtaligi, aholi turmush farovonligi,xalqimiz baxtli turmushining kafolatidir.

Guliston ANNAQILICHEVA,

“Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi bosh muharriri, Oliy Majlis Senati aʼzosi.