French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqimiz g‘ururi va iftixori
16:52 / 2025-11-18

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

Bayroq! U faqat belgi emas, u ajdodlar ruhi, el-yurtning borligi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchdir. Bayroq hilpirasa — yuraklar uyg‘onadi, chunki unda xalqning vijdoni, orzusi va tarixning o‘chmas izi mujassam.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bu shunchaki ramz emas — u tarix, sharaf, g‘urur va mustaqilligimiz timsolidir.  

Jizzax viloyatida ham ushbu qutlug‘ sana keng miqyosda nishonlanmoqda. Bunga bir misol tarqasida Jizzax viloyati bojxona boshqarmasida o‘tkazilgan tadbirni aytib o‘tishimiz mumkin.  

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq — yurtimiz g‘ururi va iftixori!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda bojxona xodimlarining matonati, fidoyiligi hilpiragan bayroqqa bo‘lgan ehtiromi va yurtga muhabbati yaqqol namoyon bo‘ldi. Yurtimizning bu sadoqatli farzandlariga qarab, inson qalbida faxr va iftixor tuyg‘ulari yanada jo‘sh urishi tabiiy.

Bayroq — bu xalqning birdamligi, yurt osoyishtaligi va buyuk kelajakka intilishining ramzidir. U har bir xonadonda, har bir muassasada, har bir dilda o‘zining muqaddas o‘rniga ega. Shuning uchun ham bu muqaddas timsolga hurmat ko‘rsatish — bu vatanga, xalqqa, tariximizga bo‘lgan muhabbatning eng yuksak ko‘rinishidir.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/vC77m1J2whQ?si=tPZ3JUMTBKDSJNH1" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri